
Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi matbuot xizmati rasmiy bayonot e'lon qildi. Xabarda aytilishicha, qo'mita xodimlari tomonidan "Golden House Property Group" qurilish kompaniyasi faoliyati o'rganilgan.
Bu ijtimoiy tarmoqlarda iste'molchilarning huquqlari buzilganligi haqida xabarlar tarqalganidan keyin amalga oshirilgan. Aniqlanishicha, qurilish kompaniyasi iste'molchilar bilan tuzilgan shartnomalarda o'z tashabbusi bilan shartnomani bekor qilgan mijozlardan 10% miqdorida jarima undirishni belgilagan.
Bundan tashqari, kompaniyaga nisbatan turli organlar va ommaviy axborot vositalariga shikoyat qilganlik uchun ham xuddi shunday jarima belgilangan. Ushbu qoidalar kompaniya biznesi va obro'siga zarar yetkazishi bilan izohlangan.
Yuqoridagilarga ko'ra, qo'mita O'zbekiston Respublikasi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunining 4, 6, 21 va 23-moddalari talablari asosida "Golden House Property Group" MChJga qonunbuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish bo'yicha ko'rsatma bergan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi "Tadbirkorlik erkinliklari kafolatlari to'g'risida"gi qonunning 9-moddasiga ko'ra, tadbirkorlik sub'yektlari raqobat va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha qonun talablariga rioya etishi shart.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 