Turkiyada 5 nafar o‘zbekistonlik 61 kg oltin bilan ushlandi

1 daqiqa o'qish4K
Turkiyada 5 nafar o‘zbekistonlik 61 kg oltin bilan ushlandi

Turkiyaning Kapadokiya aeroportida o‘tkazilgan operatsiya davomida xamir va go‘sht maydalagichlar ichiga yashirilgan 61 kilogramm 121 gramm oltin topildi, deb Uz24.uz xabar berdi. Hodisaga aloqador olti kishi hibsga olingan bo‘lib, ulardan besh nafari o‘zbekistonlik ekani ma’lum bo‘ldi.

Politsiyaning kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari kelib tushgan ma’lumot asosida aeroportda tekshiruv o‘tkazgan. Samolyot orqali kelgan 6 nafar shaxsning chemodanlari skaner orqali ko‘rib chiqilgan va xamir hamda go‘sht maydalagichlar shubhali deb topilgan.

Qurilmalardan 24 karatli 61 kg 121 gramm oltin aniqlangan. Oltinning bozor qiymati taxminan 350 million turk lirasi (ya’ni 11 million dollar yoki 1,37 trillion so‘m) deb baholanmoqda.

Hozirda kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan oltin musodara qilingan, 6 gumondor politsiya so‘rog‘idan so‘ng sud binosiga jo‘natilgan. Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?