Nasaf muxlislari halokatga uchradi

Nasaf muxlislari halokatga uchradi
Kecha O‘zbekiston chempionatining navbatdagi turi bo‘lib o‘tdi. Unda Namanganning "Navbahor" jamoasi o‘z maydonida Qashqadaryoning "Nasaf" jamoasini qabul qildi.

O‘yin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi. Mazkur uchrashuvni mehmon jamoa muxlislari ham kelib tomosha qilishdi.

O‘yindan so‘ng bir nechta "Nasaf" muxlislari Qashqadaryoga qaytish vaqtida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Afsuski, baxtsiz hodisa oqibatida bir nechta muxlis halok bo‘ldi.

Qurbonlar soni hozircha aniq emas.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar