11:30 / 06.11.2020
1 270

Koronavirusning issiq havoda o‘lishi haqida aniq ma’lumot yo‘qligi aytildi

Koronavirusning issiq havoda o‘lishi haqida aniq ma’lumot yo‘qligi aytildi
Foto: iStock
Rossiya Gidrometeorologiya markazi ilmiy direktori Roman Vilfand 30 darajadan yuqori havo harorati koronavirus infeksiyasini yo‘q qilishga yordam bermasligini aytdi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

«Hafsalangizni pir qilaman: 30 darajadan yuqori harorat koronavirusni yo‘q qilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q», — degan Roman Vilfand matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga yuqori harorat kuzatiladigan mamlakatlardagi vaziyat, xususan, «kasallanish darajasida tez sur’atlarda rivojlangan» Turkiya, Isroil, Xitoyni misol bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, Vilfand yozda qisqa to‘lqinli kuchli nurlanish, birinchi navbatda ultrabinafsha nurlanish kuzatilishi va u koronavirus rivojlanishiga to‘sqinlik qilishini ham aytib o‘tgan.

Gidrometeorologiya markazi ilmiy rahbari yaqin olti oy ichida Rossiyada havo harorati yuqori bo‘lishiga umid qilmasa ham bo‘lishini aytgan.

Avvalroq AQSHning Biologik himoyaga qarshi kurash va tahlil milliy markazi olimlari quyosh nuri SARS-CoV-2 virusini yo‘q qilishi mumkinligini, ammo u quyosh nurlari ta’sir qilish davomiyligi, kengligi va kunning qaysi vaqtida ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqligini aniqlagandi. Fransiyaning Provans universiteti olimlari esa tadqiqotlar davomida koronavirusni bir soat davomida 60 darajaga qizdirganidan keyin ham uning ba’zi shtammlari ko‘payish xususiyatini saqlab qolishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusning issiq havoda o‘lishi haqida aniq ma’lumot yo‘qligi aytildi