1 935
Toshkentda soxta tilla taqinchoqlarni 29 mln 300 ming so‘mga sotgan ayollar qo‘lga olindi

Kadr: Videodan skrin
Toshkentda tadbirkorga 29 million 300 ming so‘m zarar yetkazgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumanida joylashgan tilla do‘konlarning biriga kirgan shaxs sotuvchini aldab soxta taqinchoqlarni jami 29 million 300 ming so‘mga sotib, voqea joyidan yashiringan.
Gulnora ismli ayol Sergeli tumani IIO faoliyatini rivojlantirish boshqarmasiga murojaat qilib, o‘z murojaatida unga sotilgan ayollar tilla taqinchoqlari soxta ekanligini ma’lum qilgan.
«Sergeli tumanida singlim Malika bilan tilla taqinchoqlarimizni ko‘rsatdik. Ularni 29 million 300 mingga baholashdik. Quti ichiga haqiqiy tillani solib berib, uni o‘rniga metalldan yasalgan qalbakisiga almashtirib berdik. Men sotuvchini chalg‘itib turdim, singlim malika ularni ‘skochga’ o‘rab qalbakisini berdi. Keyin 29 million 300 mingni olib Namanganga ketdik», – deydi gumonlanuvchi.
Tuman IIO FMBga mazkur jinoyat haqida xabar berilishi bilan tezkor tergov guruhi tomonidan mazkur jinoyatda gumonlanayotgan shaxsni aniqlash choralari ko‘rildi. Mazkur jinoyat ishini o‘z yurituviga olgan tergovchining ma’lumot berishicha olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida firibgarlikka qo‘l organ shaxs topilgan.
Noma’lum ayol Aziza ismli shaxs ekanligi aniqlangan va tergovga jalb qilingan. Dastlabki tergov davomida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Aldov yo‘li bilan pul va tilla olgan folbin qo‘lga olindi

Qashqadaryoda 10 million so‘m qalbaki pullar yasab, muamolaga chiqargan shaxslar qo‘lga olindi

Qidiruvda boʻlgan oilaviy firibgarlar Toshkentda qoʻlga olindi (video)

Parkentlik ayol tillali bo‘laman deb temirni quchib qoldi

Soxta tilla taqinchoqlar sotib yurganlikda gumonlanayotgan ayol qidirilmoqda

Sergeli avtomobil bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi