21:13 / 09.12.2020
3 521

MIB: Chortoqlik ota o‘z farzandi uchun aliment mablag‘ni bir yo‘la to‘lab berdi

MIB: Chortoqlik ota o‘z farzandi uchun aliment mablag‘ni bir yo‘la to‘lab berdi
Byuroning Chortoq tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan aliment mablag‘larni undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda. Kuni kecha olib borilgan tushuntirishlar mobaynida chortoqlik ota o‘z farzandi uchun aliment mablag‘ni 18 yoshga qadar to‘lab berdi.

Gap shundaki, bo‘lim ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rgon tumanlararo sudining 19.01.2017 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor To‘xtaboyev Tursunboydan undiruvchi To‘xtaboyeva Nazokat foydasiga 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Navbatdagi ijro harakatlari davomida fuqaro Tursunboy To‘xtaboyevga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida” gi nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshirish tushuntirib o‘tildi.

O‘zaro muloqotlar jarayonida buni tushungan ota farzandi uchun voyaga yetgunga qadar hisoblangan 22.752.739 so‘m aliment mablag‘ni to‘liq to‘lab berildi. Bo‘lim ish yurituvida ijro xujjati tamomlandi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Chortoqlik ota o‘z farzandi uchun aliment mablag‘ni bir yo‘la to‘lab berdi