14:36 / 24.12.2020
2 820

“Isuzu”lardagi qing‘ir rejalar fosh bo‘ldi

“Isuzu”lardagi qing‘ir rejalar fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan respublikamizda “yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish va tovarlarning noqonuniy harakatini oldini olish borasida ham bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, Ohangaron tumani hududida fuqaro M.N. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 74,2 million so‘mlik, 21 420 dona cho‘g‘lanma lampalar borligi ma’lum bo‘ldi.

Navbatdagi tezkor tadbir Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan, Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududida o‘tkazildi.

Tadbir davomida, Toshkent viloyati, O‘rtachiqchiq tumani hududida fuqaro T.B. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 56,9 million so‘mlik, 237 dona har xil turdagi elektroplita tovarlari yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Isuzu”lardagi qing‘ir rejalar fosh bo‘ldi