Ayni paytda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Muxbirimizning ma’lum qilishicha, davlat rahbari tibbiyot sohasida amalga oshiriladigan ishlarga to‘xtalib o‘tgan.
«Koronavirusga qarshi kurash doirasida aholini emlash ishlari amalga oshiriladi. SЕOM bazasini yangilashga 200 million dollar ajratiladi. Tibbiyot sohasini raqamlashtirish ishlari davom ettiriladi. Kasalxonalarni elektron ish tizimiga o‘tkazish choralari ko‘riladi. Diagnostika va davolash uchun joylardagi imkoniyatlar kengaytiriladi.
Ona va bola sog‘ligiga e’tibor — kelajakka e’tibor. Kelasi yildan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va xomilador onalar uchun 7 turdagi vitaminlar bepul beriladi. Bu jarayon bilan 2021 yilda 11 million nafar, 2022 yilda 17 million nafar aholi qamrab olinadi va bu ishlarga 100 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Ayollar va bolalarni yod, temir, foliy kislotasi, vitaminlar va parazitlarga qarshi dorilar bilan bepul ta’minlash orqali aholi o‘rtasida kamqonlik 25 foizga kamaytiriladi.
«Qishloq shifokori» dasturi davomida olis tumanlardagi mingdan ortiq shifokorlarga 30 million so‘mdan yordam puli beriladi va albatta xizmat uyi bilan ta’minlanadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi