Foto: «Vladtime.ru»
Amerikalik tibbiyot xodimlari yuqori arterial qon bosimining oltita xavfli alomatini ma’lum qilishdi. Bunday vaziyatda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Bu haqda «Express» nashri xabar bermoqda.
Ko‘pincha yuqori qon bosimi bilinmasligi mumkin. Biroq organizmga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi.
Mutaxassislarning fikricha, tez yordam chaqirish uchun o‘ta muhim ko‘rsatkich — 180/120 dan oshgan bosimdir. Yuqori qon bosimi quyidagi alomatlarni chaqarishi mumkin: ko‘krak qafasidagi og‘riq, kuchli bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, quvvatsizlik, ko‘rishning yomonlashishi va nafas siqishi.
Agar odam muntazam ravishda o‘zida yuqori qon bosimini qayd etsa, mutaxassislar jismoniy mashqlarni bajarish, taomnomani o‘zgartirish, tuz iste’molini kamaytirish, ko‘proq meva-sabzavotlar, yog‘i kam sut mahsulotlari, loviya, yong‘oq, don va to‘yinmagan yog‘larni iste’mol qilishni maslahat berishadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qazg‘oq xavfli kasallikdan darak berishi mumkin

Olimlar diabet va yurak kasalliklarining oldini olishga yordam beradigan mahsulotni aytishdi

Rossiyada migrantlar uchun talab yuqori bo‘lgan kasblar aytildi

Kompyuter tomografiyasi salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin

Yurak xuruji xavfining kutilmagan alomatlari

Xodimda yuqori harorat kuzatilsa, rahbar qanday yo‘l tutishi kerak?