20:25 / 27.01.2021
2 175

Shavkat Mirziyoyev: «Bosh vazir va administratsiya rahbari ruxsatisiz majlis o‘tkazgan amaldorlar ishdan ketadi»

Shavkat Mirziyoyev: «Bosh vazir va administratsiya rahbari ruxsatisiz majlis o‘tkazgan amaldorlar ishdan ketadi»
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari majlisbozlikni kamaytirish shartligini qat’iy ta’kidladi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Moliya, bank va soliq sohalarida bir yil favqulodda vaziyat e’lon qildik. Qo‘chqorovdan boshlab barcha moliyachi, bankir va soliqchilar mahallama-mahalla yurib, aholi muammolarini o‘rganadi va hal qiladi. Mazkur soha vakillari uchun payshanba, juma va shanba kunlari umuman majlis o‘tkazilmaydi. Ular fuqarolar muammosini o‘rganadi.

Ko‘plab amaldorlar majlis o‘tkazishga kasal bo‘lgan. Kim xohlasa, har kuni soatlab majlis o‘tkazadi. Tuman va viloyat hokimlari majlis qiladigan bo‘lsa, bosh vazir va administratsiya rahbaridan ruxsat olib, uzog‘i bir soatlik majlis o‘tkazishi mumkin. Ammo ularning ruxsatisiz majlis o‘tkazgan amaldorlar ishdan ketadi. Amaldorlar soatlab o‘tkazgan majlis uchun ketgan vaqtini yoshlarning muammosini o‘rganib, yechimini topishga sarflaydi. Prezidentdan tashqari birorta rahbar bir soatdan ortiq majlis o‘tkazmaydi
», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Bosh vazir va administratsiya rahbari ruxsatisiz majlis o‘tkazgan amaldorlar ishdan ketadi»