13:27 / 06.02.2021
1 576

Farmon ijrosi doirasida yig‘ilish o‘tkazildi

Farmon ijrosi doirasida yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi “Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6127-sonli Farmoni, sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudyalik kasbiga tayyorlash va tayinlash tizimini takomillashtirish, sud tizimini malakali va halol pok kadrlar bilan to‘ldirish, sud organlarining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga qaratilgan.

Mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha 2021 yil 5 fevral kuni Navbahor tuman adliya bo‘limida, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi va fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudlarining tashabbusi bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda, Navbahor tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, adliya bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, sudya va sud xodimlari ishtirok etishdi.

Tuman sudlarining raislari tomonidan tadbir ishtirokchilariga, Farmonda sudyalikka kadrlarni tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek, sudyalar faoliyatini baholashda xolislik va shaffoflikni ta’minlash, ushbu jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini izchil joriy qilish, sudyalar va sud apparati xodimlari orasida korrupsiya holatlarining oldini olish va barvaqt aniqlashga qaratilgan tizimni yo‘lga qo‘yish, ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihon jarayonlarini Internet tarmog‘i (veb-sayt) orqali onlayn tarzda yoritib borish yo‘lga qo‘yish tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek sudyalar faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta’minlaydigan aniq mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik holatlari yuzasidan Kengash raisi tomonidan kiritilgan taqdimnoma prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda ko‘rib chiqilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi yoki qo‘zg‘atish rad etilganligi haqida Sudyalar oliy Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan xabar berilishi va boshqa tartiblar belgilanganligini tushuntirib o‘tildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farmon ijrosi doirasida yig‘ilish o‘tkazildi