Toshkentning Olmazor tumanida qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralarni ishlab chiqarayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati
Departament, DXX va IIBBning Olmazor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.N. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro M.ga 100 ming so‘mlik kupyuradagi 500 dona qalbaki 50 million so‘mni har birini 20 ming so‘mdan hisoblab, 10 million so‘mga o‘tkazgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, tadbirda A.N. bilan birga kelgan fuqaroning avtomashinasi va yashash xonadoni tekshirilganda, yana 66 dona seriya va raqamlari bir xil bo‘lgan qalbaki 100 ming so‘mlik kupyura, qalbaki pullarni yasashda foydalanilgan rangli printer va boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Yuz ming so‘mlik kupyura 2019 yilning 25 fevralidan boshlab muomalaga chiqarilgandi. Uni qalbakilashtirish holatlari avval ham ko‘p qayd etilgan. Xususan, Toshkent, Samarqand, Andijon, Namanganda qalbaki kupyuralarni bozorda muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qalbaki kupyuralar tayyorlagan shaxs ushlandi

Andijondagi bozorda qalbaki 100 ming so‘mlik pullar aniqlandi

Qalbaki pul ishlab chiqarayotgan “ishbilarmon”lar qo‘lga olindi

Qalbaki pullarni yarim qiymatida «o‘tkazish»ga uringanlar qo‘lga olindi

Angrenda 2 bosh qo‘y 2,9 mln. so‘m qalbaki pulga sotildi

Parkentda qalbaki pullar ishlab chiqarayotgan yashirin “pul sexi” aniqlandi