13:48 / 10.03.2021
1 844

Nurmat Otabekov: «O‘zbekistonda niqobdan voz kechish bo‘yicha rejalar yo‘q»

Nurmat Otabekov: «O‘zbekistonda niqobdan voz kechish bo‘yicha rejalar yo‘q»
Foto: Getty Images
Kun.uz xabariga ko‘ra, Nurmat Otabekov O‘zbekistonda niqob taqish, ijtimoiy masofa, antiseptik vositalardan foydalanishni to‘xtatish umuman ilgari surilmayotganini aytib o‘tdi.

«Bekor qilish degan gap yo‘q. Balki biror erkinlikka berilgandirmiz, lekin virus atrofimizda yuribdi, u oramizda. Nega bekor bo‘lishi kerak? Ko‘ryapman, ayrimlar niqob taqmayapti. Bu xato. Odamlar jamoat xavfsizligi uchun ham niqob taqishi kerak.

Bilasizmi, ko‘plab davlatlarda biror kasallik bo‘lmagan taqdirda ham niqob taqishadi. Chunki bu sog‘liq uchun kerak. Bizda doka niqob, ijtimoiy masofa, antiseptik vositalardan foydalanishni to‘xtatish umuman ilgari surilmayapti. Qaytaraman, O‘zbekistonda virus bor
», dedi Nurmat Otabekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurmat Otabekov: «O‘zbekistonda niqobdan voz kechish bo‘yicha rejalar yo‘q»