Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida fuqaro O.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli transport vositasi va ushbu avtomashinada yo‘lovchi sifatida o‘tirgan fuqaro F.A.lar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu avtotransport vositasining o‘ng taraf old o‘rindig‘ining orqa tomonida fuqaro O.A tegishli bo‘lgan o‘rami bilan og‘irligi 30,15 gramm “Opiy” giyoxvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda, mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan fuqaro O.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan hamda fuqaro F.Aga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi