date

Surxondaryo viloyatining oziq-ovqat bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining oziq-ovqat bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida joylashgan oziq-ovqat bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 9 may kuni soat 04:25 atrofida “Rabotak” mahallasidagi Qo‘shbozor ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash do‘konlarda yuz bergan. Yong‘in haqidagi xabardan so‘ng voqea joyiga 6 ta qutqaruv bo‘linmasi jalb qilingan.

Qutqaruvchilar soat 04:27 da hududga yetib borgan va yong‘in soat 05:30 ga kelib to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida do‘konlarning 70 kvadrat metr maydonidagi tom qismi, ichki hududi hamda mahsulotlar yonib zarar ko‘rgan.

Shu bilan birga, 350 kvadrat metr hududni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda. Hozirda hodisaning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryo viloyatining oziq-ovqat bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi