date

Real Madrid El Klasiko oldidan 8 nafar futbolchisidan ayrildi

Real Madrid El Klasiko oldidan 8 nafar futbolchisidan ayrildi

Ispaniya chempionatining hal qiluvchi bahsi — El Klasiko arafasida Real Madrid jiddiy yo'qotishlarga uchradi. Jamoa Barselona bilan bo'ladigan o'yinda Kylian Mbappe va yana yetti nafar asosiy tarkib futbolchisi xizmatidan foydalana olmaydi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Kylian Mbappe jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga qaytgan bo'lsa-da, murabbiylar shtabi uni tarkibga kiritmaslikka qaror qildi. Shuningdek, Dani Ceballos, Dani Carvajal, Rodrygo, Éder Militão, Ferland Mendy, Arda Güler va Fede Valverde ham o'yinni o'tkazib yuboradi.

Fede Valverde va Aurélien Tchouameni o'rtasidagi janjal jamoada ichki muhitni yanada murakkablashtirdi. Ushbu voqea ortidan har ikki futbolchi 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi. OAV xabarlariga ko'ra, bosh murabbiy Álvaro Arbeloa kiyinish xonasidagi nazoratni yo'qotgan va mavsum yakunida iste'foga chiqarilishi mumkin. Uning o'rniga José Mourinho nomzodi ilgari surilmoqda.

Hansi Flick boshqaruvidagi Barselona ayni damda turnir jadvalida Real Madriddan 11 ochko oldinda bormoqda. Madridliklar chempionlik uchun so'nggi imkoniyatlarini saqlab qolish uchun ushbu bahsda faqat g'alaba qozonishi shart.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Madrid El Klasiko oldidan 8 nafar futbolchisidan ayrildi