13:35 / 24.03.2021
1 596

Ichki ishlar organlariga ishga kiritishni vada qilgan firibgarga hukm o‘qildi

Ichki ishlar organlariga ishga kiritishni vada qilgan firibgarga hukm o‘qildi
Joriy yilning 18 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sud majlisida Ichki ishlar organlariga ishga kiritishni vada qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko‘ra, 1987 yilda to‘g‘ilgan Quchqorov Alisher (shaxsi o‘zgartirilgan) u aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan A.Bo‘ronov bilan o‘zaro suhbatlashish jarayonida, uni Ichki ishlar organlariga ishga kirish maqsadida hujjat tayyorlab yurganligini bilib, mazkur holatdan foydalanib, o‘zini IIOlariga ishga joylashtirish masalalarini ijobiy hal qilishga qodir bo‘lgan shaxs sifatida ko‘rsatib, garchi ishga kiritishga biror-bir vakolatga ega bo‘lgan shaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktirgan bo‘lmasada, A.S.Bo‘ronovda o‘ziga nisbatan soxta tasavvur uyg‘otib, agar xarajatlarini qiladigan bo‘lsa, uni Jizzax viloyati yoki Surxondaryo viloyati IIOlariga 10 kun muddat ichida ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, 2020 yil 16 yanvar kuni Narpay tumani, “Mirbozor” qo‘rg‘oni hududida 2000 AQSH dollori miqdoridagi pullarni, 2020 yil yanvar oyi oxirlarida Xatirchi tumani, “Maydon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 500 AQSH dollori miqdoridagi pullarni olib, o‘zining tanish mansabdor shaxslariga pora tariqasida berish orqali uni ishga joylashtirib qo‘yishga dalolat qilib, jami 2.500 AQSH dollari, ya’ni so‘mga nisbatan qiymati jami 23.883,2 ming so‘m pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Sud, A.Quchqorovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasining 1-qismi va 28,211-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib JKning 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 2 (ikki) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

H.Tuxtayev
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi
tuman sudi sudyasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar organlariga ishga kiritishni vada qilgan firibgarga hukm o‘qildi