09:50 / 26.03.2021
1 673

Andijonda 6 gektar yerni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda 6 gektar yerni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Andijon viloyatining Baliqchi tumanida sabzavotchilikka ixtisoslashgan yer maydonini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, «N.» fermer xo‘jaligi rahbari X.R. F.T.ning ishonchiga kirib, unga fermer xo‘jaligiga tegishli sabzavotchilikka ixtisoslashgan yer maydonining 6 gektarini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bog‘dorchilik yo‘nalishi bo‘yicha hujjatlarni 18 ming dollar evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Oldindan kelishilgan puldan 189 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida departament hamda DXXning Baliqchi tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 6 gektar yerni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi