23:21 / 01.04.2021
633

“ISUZU”dagi 205 million so‘mdan ortiq tovar-modiy boyliklari manziliga yetib bormadi

“ISUZU”dagi 205 million so‘mdan ortiq tovar-modiy boyliklari manziliga yetib bormadi
Bojxona xodimlari tomonidan muntazam o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlar natijasida sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududida o‘tkazildi.

Tadbir davomida, fuqaro N.E. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 205 140 000 so‘mlik, 278 dona parfyumeriya mahsulotlari va 100 dona kofe mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » “ISUZU”dagi 205 million so‘mdan ortiq tovar-modiy boyliklari manziliga yetib bormadi