12:02 / 02.04.2021
3 074

Xayrullo Bozorov: Qirg‘iz prezidenti samolyotdan tushiboq O‘zbekiston bilan endi mutlaqo boshqacha munosabatda bo‘lamiz debdi

Xayrullo Bozorov: Qirg‘iz prezidenti samolyotdan tushiboq O‘zbekiston bilan endi mutlaqo boshqacha munosabatda bo‘lamiz debdi
Bugungi videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ham so‘zga chiqdi va Rishton-So‘x yo‘li ochilishiga to‘xtaldi.

«Bugun Rishton-So‘x yo‘li ochilishida ishtirok etdim. Aholi qanday xursandchiligini so‘z bilan ta’riflab bera olmayman. Hamma yig‘layapti. Odamlar necha yillik muammo yechilgani uchun prezidentimizga rahmat aytyapti.

So‘zga chiqqan qirg‘iz gubernatori ham «Biz juda ko‘p vaqtni bekorga o‘tkazibmiz» dedi.

Gubernatorning aytishicha, Qirg‘iz prezidenti samolyotdan tushiboq hammani to‘plab tayinlabdi, endi O‘zbekiston bilan munosabatlarimiz butunlay boshqacha bo‘ladi, hammasini yangidan boshlaymiz, debdi. Qirg‘izistonlik qardoshlar ham ikki tomonlama uchrashuvlardan juda xursand
», – dedi hokim.

Eslatib o‘tamiz, qo‘shni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-12 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif bilan keldi. Keyinroq 24-25 mart kunlari O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qirg‘iz hukumati delegatsiyasi ham Toshkentda bo‘ldi.

Ushbu tashrif yakunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston bahsli chegara hududlarni xatlovdan o‘tkazishga kelishib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xayrullo Bozorov: Qirg‘iz prezidenti samolyotdan tushiboq O‘zbekiston bilan endi mutlaqo boshqacha munosabatda bo‘lamiz debdi