18:35 / 08.04.2021
2 233

Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ishdan olindi

Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ishdan olindi
Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Odil Hasanov hamda Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari O‘tkir Bo‘tayev ishdan olindi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik masalalariga bag‘ishlangan videoselektor chog‘ida ma’lum qildi.

Prezident tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlarga qaramasdan Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida holat yomonligini tanqid qilgan.

«Har bir hokim bilib olsin – hozir xarajatimiz daromadimizdan 14 trln so‘mga ko‘p bo‘lyapti. Axir tadbirkorlikni rivojlantirmasak, bu mablag‘ni qayerda topamiz?

Tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga (25,6 trillion so‘m berilgan) o‘sdi. Lekin, ayrim hudud va sektor rahbarlari yaratilgan bu imkoniyatlardan haligacha to‘liq foydalana olmayapti.

Viloyat hokimlari – sizlardan talab qattiq bo‘ladi. Men ham hokim bo‘lganman, lekin mening nomzodim o‘tmasdi, apparatdan qo‘yilardi kadrlar. Men sizlarga to‘liq vakolatni berganman-ku, qani natija?
» degan davlat rahbari.

Prezident viloyat, tuman va shaharlar rahbarlari joylarda kichik biznes vakillari bilan umuman muloqot qilmayotganini tanqid qilgan.

«Shu sababli, Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Bo‘tayev, soliq boshqarmasi boshlig‘i Bozorov, markaziy bank rahbari Rajabov, Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Hasanov, markaziy bank rahbari Saidov va soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muhammadiyevlar lavozimidan ozod etiladi», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Odil Hasanov 2020 yil fevralidan buyon Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Odil Hasanov
Muqaddam Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan O‘tkir Bo‘tayev 2019 yil oktabrida Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

O‘tkir Bo‘tayev/Foto: chamber.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ishdan olindi