20:00 / 19.04.2021
3 355

Prezidentni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi


Jizzax viloyati Baxmal tumanida O‘zbekiston Prezidentini internetda haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi, deya xabar qilmoqda viloyat prokuraturasi.

Ma’lum qilinishicha, 1969 yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan fuqaro V.K internetning YouTube va Facebook tarmoqlarida «V.K» (nomi qisqartirilgan) profillar ochib, ushbu profillari orqali turli mavzularda internet tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishlar qilgan.

U o‘z chiqishlarida Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka noto‘g‘ri talqin qilib, O‘zbekiston Prezidentini internet tarmoqlari orqali haqoratlab, davlat rahbarining obro‘siga putur yetkazish va kamsituvchi ma’lumotlarni tarqatib, tuhmat qilib kelayotganligi holati aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan DXX Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston Prezidentini internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda haqoratlash yoki unga tuhmat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezidentni ijtimoiy tarmoqlar orqali haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi