08:00 / 21.04.2021
2 755

Farg‘onada kundoshining 9 yoshli qizining boshiga urib, kanalga tashlab yuborgan ayol ushlandi


Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 14 aprel kuni 9 yoshli qizning boshiga urib, kanalga tashlab yuborgan ayol ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 14 aprel kuni Buvayda tumani Ichki ishlar boshqarmasi navbatchilik qismiga «Maslahat» mahallasi hududidan oqib o‘tgan Oyimtarra kanaliga 9 yoshli qiz noma’lum ayol tomonidan urib, tashlab yuborilgani haqida xabar kelib tushgan. Aniqlanishicha, fuqaro M.Y. turmush o‘rtog‘i B.Y. bilan shar’iy nikoh asosida yashab kelayotgan fuqaro M.J.dan rashk qilgan.

Kundoshidan o‘ch olish maqsadida uning 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi F.F.ni 14 aprel kuni maktabdan aldab, Oyimtarra kanali yaqiniga olib kelib, qasddan o‘ldirish maqsadida noma’lum jism bilan uning bosh sohasiga urib, kanalga tashlab yuborgan.

Ushbu holatni ko‘rib qolgan Buvayda tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan Sh.Y. F.F.ni kanaldan qutqarib olib, hayotini saqlab qolgan.

Holat yuzasidan Buvayda tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 97-moddasi 2-qismi «v» (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ldirish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Y.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maktab o‘quvchisi Sh.Y.ga jasorati uchun viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tashakkurnoma va sovg‘alar berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada kundoshining 9 yoshli qizining boshiga urib, kanalga tashlab yuborgan ayol ushlandi