16:00 / 18.05.2021
2 421

O‘zbekistonliklar 21—25 yoshni ham qizlar, ham yigitlar uchun oila qurishga eng yaxshi yosh deb hisoblamoqda. Bu haqda «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotga tayanib, O‘zA xabar


O‘zbekistonliklar 21—25 yoshni ham qizlar, ham yigitlar uchun oila qurishga eng yaxshi yosh deb hisoblamoqda. Bu haqda «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotga tayanib, O‘zA xabar berdi.

«Erta nikohlar, ularning sabab va oqibatlari to‘g‘risida o‘zbekistonliklarning fikri» mavzusidagi tadqiqot o‘zbekistonliklarning mazkur voqelikka munosabati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish imkonini bergan. So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 18 yosh – erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham qonun bilan belgilangan nikoh yoshi ekanidan xabardorligi o‘rtacha darajada ifodalangan.

O‘zbekistonliklar 21—25 yoshni ham qizlar, ham yigitlar uchun oila qurishga eng yaxshi yosh deb hisoblamoqda. Boshqacha aytganda, respondentlarning fikriga ko‘ra, yoshlarning nikohga kirish vaqtini kechiktirishlari ularga ma’lumot olish yoki kasb-hunar egallash, moddiy mustaqil bo‘lishga imkon beradi.

Telefon so‘rovi, umuman olganda, erta nikoh odatda erta yosh orqali aniqlanishi haqidagi to‘g‘ri tasavvurni aniqlab bergan. Ayni paytda respondentlarning 18 yosh ham qizlar, ham yigitlar tomonidan nikoh tuzilishi uchun erta yosh hisoblanishiga ishonchlari komil.

Respondentlarning fikriga ko‘ra, ayol uchun erta nikohga kirish va buning natijasida barvaqt homiladorlik va tug‘ish uning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, jumladan, qizlarga hayotning turli sohalarida o‘zini namoyon qilishi uchun imkoniyatlar va ta’lim olishni cheklaydi.

O‘tkazilgan so‘rov erta nikohlar sabablarini aniqlash imkonini bergan. Ular orasida:
  • ota-onalarning o‘z farzandlari oilaviy hayotini tezroq yo‘lga qo‘yishga intilishi — 48,1 foiz;
  • lozim darajadagi tarbiyaning mavjud emasligi va yoshlarning reproduktiv salomatlik masalalarida savodsizligi — 25,9 foiz;
  • foydali nikoh hisobidan o‘zining moddiy ahvolini o‘nglash istagi — 22,5 foiz;
  • rejalashtirilmagan homiladorlik 15,2 foiz va hokazolar bor.
O‘zbekistonliklar erta nikohlarning salbiy oqibatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatgan: ehtimoliy ajrimlar (49,6 foiz), xotin-qizlarning reproduktiv salomatligi va bolalar salomatligiga salbiy ta’sir (44,8 foiz), ehtimoliy maishiy zo‘ravonlik (19,5 foiz) va hayotning turli sohalarida o‘zini namoyon qilish imkoniyatiga salbiy ta’sir (17,5 foiz).
Ma’lumot uchun, 2021 yilning yanvar—mart oylari holatiga respublika bo‘yicha 59 754 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar 21—25 yoshni ham qizlar, ham yigitlar uchun oila qurishga eng yaxshi yosh deb hisoblamoqda. Bu haqda «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotga tayanib, O‘zA xabar