date

Dubay 2050-yilgacha 100 foiz toza energiyaga o‘tadi

Dubay 2050-yilgacha 100 foiz toza energiyaga o‘tadi

Dubay 2050-yilga qadar energiyaning 100 foizini toza manbalardan olishni maqsad qilgan. Bu tashabbus Birlashgan Arab Amirliklarining “Net Zero by 2050” strategiyasiga asoslanadi. Reja nafaqat atrof-muhitni asrash, balki iqtisodiy o‘sish va texnologik rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashni ham ko‘zlaydi.

Loyiha doirasida Dubay Elektr va Suv Taminoti Idorasi (DEWA) muhim rol o‘ynamoqda. U energiya ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar asosida isloh qilmoqda. Sun’iy intellekt Dubayning energiya tizimini samaraliroq qilishga yordam bermoqda.

DEWA elektr stansiyasida dunyoda birinchi bo‘lib AI boshqaruvidagi gaz turbinasini ishga tushirdi. Bu texnologiya yoqilg‘i sarfini kamaytirib, chiqindilarni qisqartiradi. Shuningdek, “Rammas” nomli virtual yordamchi orqali millionlab foydalanuvchilar xizmatlardan foydalanmoqda.

Dubayda ilmiy tadqiqotlarga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Quyosh Parkidagi Innovatsiya markazida energiya saqlash, vodorod ishlab chiqarish va chiqindidan energiya olish yo‘nalishlarida izlanishlar olib borilmoqda. Bu tadqiqotlar kelajakda yanada barqaror energiya tizimini yaratishga xizmat qiladi.

Dubayning toza energiyaga o‘tish tashabbusi butun dunyo uchun ibrat bo‘layotgani aytilmoqda. Shahar nafaqat ekologik xavfsizlikni ta’minlamoqda, balki yashil texnologiyalar orqali iqtisodiy o‘sishni ham jadallashtirmoqda. 2050-yilgacha bu reja amalga oshsa, Dubay dunyodagi eng barqaror va ekologik toza shaharlar qatoriga kiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay 2050-yilgacha 100 foiz toza energiyaga o‘tadi