date

Toshkentda avtobus Cobalt bilan to‘qnashdi: sababi ma’lum bo‘ldi

Toshkentda avtobus Cobalt bilan to‘qnashdi: sababi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 26-sonli yo‘nalishda harakatlangan avtobus haydovchisi Sh.O. yo‘lning namligi va suv sepilganini hisobga olmagan hamda oraliq masofani saqlamagan. Natijada avtobus oldinda ketib borayotgan Cobalt avtomobilining orqa qismiga borib urilgan.

To‘qnashuv ta’sirida Cobalt oldinda harakatlanayotgan BYD mashinasiga ham shikast yetkazgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, biroq yengil avtomobillar va avtobusning kuzov qismiga texnik zarar yetgan. Hozirda voqea yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tegishli tartibda rasmiy tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Yangihayot tumanida avtobus haydovchisi 2007 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgani haqida xabar berilgan edi va piyodaning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilingan.

Shuningdek, 18 sentyabr kuni soat 18:50 larda 62-sonli yo‘nalishdagi avtobus haydovchisi Yakkasaroy tumanidagi KXAY ko‘chasida harakatni ajratuvchi bo‘lakka burilib, yo‘lning belgilanmagan qismi orqali o‘tayotgan piyodani urib yuborgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda avtobus Cobalt bilan to‘qnashdi: sababi ma’lum bo‘ldi