21:09 / 04.06.2021
2 359

Ijro ishi jarayonlari tizimli ravishda "MIB portal" elektron dasturida nazorat qilib borilmoqda


Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi tomonidan “@Sizdan Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida “Surxondaryo -“Undirilmagan jarimalar masalasi qachon hal etiladi?” sarlavhasi ostida chop etilgan maqolasi o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida, biror-bir rahbarlar tomonidan Byuroning Termiz tumani bo‘limi davlat ijrochilarining sud qarori va boshqa organlar ijro hujjatlarini ijro etish bo‘yicha faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlari aniqlanmadi.

Shuningdek, o‘rganish davomida, bo‘lim ish yurituviga joriy yilning 1 yanvar holatiga o‘tgan yildan 7768 ta 38,1 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari qoldiqda qolgan bo‘lib, o‘tgan 5 oy davomida 5275 ta 165,6 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari kelib tushgan va shundan 4498 ta 156.9 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari tamomlangan.

Birgina, Byuroning Termiz tumani bo‘limi tomonidan joriy yilning 5 oyida 26,3 mlrd. so‘mlik amalda undiruv amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 10.2 mlrd. so‘mi davlat undiruvlarini tashkil etgan yoki undirilgan mablag‘lar hisobidan 2021 yilning 5 oyi davomida  davlat foydasiga 857,0 mln. so‘m, shundan 428.5 mln. so‘mi “Temir”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlariga mablag‘lar o‘tkazib berilgan.

O‘rganish davomida, qoldiqda bo‘lgan 2013 ta 815,6 mln. so‘mlik jarimalarni undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarning 2 oylik muddati buzilganligi aniqlanib, bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Bo‘limda faoliyat olib borayotgan 6 nafar davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi samarasini oshirish hamda asosiy e’tiborlardan biri mavjud jarimlarga oid ishlarni tez fursatlarda tamomlash bo‘yicha ko‘rsatmlaar berildi.

Xabarda keltirilgan, Sud qarorlari ijrosini ta’minlashga bo‘lim boshlig‘i yo‘l qo‘ymayotgani, asossiz ravishda yillardan davomida undirilmayotgan jarimalar mavjudligi va boshqa vajlar asosga ega emas.

Ta’kidlash lozimki, Byuro organlarida ijro ishi samaradorligini oshirish, hujjatlar almashish, murojaatlarni qabul qilish va ijro ishlarini yuritish hajmini yengillashtirish maqsadida, “MIB Portal” elektron dasturiy tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu dastur orqali ishi jarayoni hamda yuzaga kelayotgan kamchiliklar Byuroning markaziy apparati tomonidan kuzatib boriladi hamda yuzaga kelish mumkin bo‘lgan xato va qonunbuzilish holatlari bartaraf etib boriladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijro ishi jarayonlari tizimli ravishda "MIB portal" elektron dasturida nazorat qilib borilmoqda