23:10 / 30.06.2021
2 762

2 nafar xodim o‘z ishiga qayta tiklandi


Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining joriy yil 04 iyunidagi da’vogar B.Q.ni “Elektroqishloqqurilish” AJ 1-sonli mexanizatsiyalashgan jamlanmaga texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandisi vazifasiga, shuningdek, da’vogar K.O‘.ni jamlanmaning kadrlar bo‘yicha inspektori lavozimiga qayta tiklanishi bo‘yicha ijro varaqasi kelib tushgan.

Ma’lumki, amaldagi mehnat qonunchiligiga asosan, mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim g‘ayriqonuniy  ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda, u ish beruvchining o‘zi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishga tiklanishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur talab asosida “Elektroqishloqqurilish” AJ 1-sonli mexanizatsiyalashgan jamlanmaga Byuro xodimlari tomonidan tegishli tartibda talabnoma yuborilib, ijro harakatlari olib borilgan.

Natijada, jamlanma boshlig‘ining buyrug‘i bilan xodimlar B.Q. va K.O‘.lar  o‘z vazifasiga qayta ishga tiklandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2 nafar xodim o‘z ishiga qayta tiklandi