23:30 / 12.07.2021
3 077

O‘zbekistonda eng ko‘p abituriyent hujjat topshirgan OTMlar ma’lum qilindi


12-iyulgacha abituriyentlar tomonidan eng ko‘p hujjat Toshkent davlat pedagogika universitetiga topshirilgan. Bu haqda Davlat test markazi xabar qildi.

DTM 2021/2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 277 528 nafarni tashkil etmoqda.
Ta’lim shakli bo‘yicha:
  • kunduzgi ta’lim shakli — 167 395 nafar;
  • sirtqi ta’lim shakli — 102 646 nafar;
  • kechki ta’lim shakli — 7487 nafar.
Tillar kesimida:
  • o‘zbek tili — 235 265 nafar;
  • rus tili — 34 529 nafar;
  • qoraqalpoq tili — 6432 nafar;
  • boshqa tillar — 1302 nafar.
Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 9790 nafar;
  • O‘zbekiston milliy universiteti — 9580 nafar;
  • Namangan davlat universiteti — 8926 nafar;
  • Jizzax davlat pedagogika instituti — 8625 nafar;
  • Urganch davlat universiteti — 8068 nafar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda eng ko‘p abituriyent hujjat topshirgan OTMlar ma’lum qilindi