18:48 / 17.08.2021
2 097

Rasmiy munosabat: "Videoda aks etgan holat MIB xodimlari bilan bog‘liq emas"

Rasmiy munosabat: "Videoda aks etgan holat MIB xodimlari bilan bog‘liq emas"
2021 yil 17 avgust kuni bloger Otabek Mashrapovning kanalida “Qibraydan murojaat” mavzusida videolavha hamda uning izohi sifatida U.Xakimovaning murojaati joylashtirilgan.

Ushbu lavha tagidagi U.Xakimovaning murojaatida “Bu bizni uyga kiritmasdan, xo‘jayinimni qaynonamni singlisi urib, uydan haydab chiqarishdi. Iltimos bizni o‘z uyimizga kirishimizga yordam bering, iltimos. Hozirgi kunda onamni uylaridamiz, Qibray tumani, Haydarobod mahallasi, Do‘rmon ko‘chasi, 1/1-uydan U.Xakimova bo‘laman. Uy qaynonam nomida, qaynonam bilan qaynotam ajrashganida uyni bolalar uchun berganlar. Hozir biz ham o‘sha uyda propiskada turamiz. Iltimos yordam bering! Viloyat sudiga, shahar sudiga va Oliy sudga murojaat qildik. Sud qarori bo‘yicha uyga kiritilsin deyilgan. Qaror chiqargan, MIB sud qarori ijrosini ta’minlamayapti.

Xolalarimiz qonunlar bir tiyin, kimni olib kelsang ham kirmaysan, deb janjal va to‘polon bilan haydashdi. Iltimos yordam bering! (murojaat o‘zgarishsiz ko‘chirildi)”.

Murojaatning davomi. “Xolamiz o‘sha MIB xo‘jayini bilan oldi berdisi bor ekan. Ular hech narsa qilmayapti. Mayli Siz ham hech narsa qilolmasangiz kerak?! Mayli bekorga dardimni doston qilib, vaqtingizni olibman.

Uzr meni kirmagan joyim qolmadi, lekin anavi MIB kattakoni nima qilsa ham bosib kevoti. Bizni pulimiz yo‘q. Ularni puli bor, uzr vaqtingizni olgan bo‘lsam (matn o‘zgarishsiz ko‘chirildi.)” Shundan so‘ng, bloger O.Mashrapov “Qibray tuman MIB nima uchun sud qarorining ijrosini ta’minlamayapti. Buning qanday sababi bo‘lishi mumkin? Yoki kimdir o‘ziga o‘t qo‘yishini, jinoyat sodir bo‘lishini kutishmoqdami? Afsus, qani endi hamma o‘z vazifasini bajarsa?!” deb izoh qoldirgan.

Mazkur videolavha va uning izohi sifatida berilgan murojaat MIB Qibray tuman bo‘limi ish yurituvidagi mavjud hujjatlar asosida o‘rganilganida, quyidagilar aniqlandi.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining 08.10.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Xakimova Muqaddas Azimovna (onasi) dan undiruvchi Xakimov Abdumannop Maxamadjanovich (o‘g‘li) foydasiga Qibray tumani, Tuzel q.f.y., Ibrat MFY, Iftixor ko‘chasi, 9–uy joyga uning turmush o‘rtog‘i Xakimova Umida Najmitdin qizi va ularning voyaga yetmagan farzandi Xakimov Mustafo Abdumannopovichlarni foydalanish huquqi bilan yashash uchun kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIB Qibray tuman bo‘limi ish yurituviga 03.11.2020 yil kuni kelib tushib, shu kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-86-moddalariga asosan ijro ishini qo‘zg‘atilib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, 22.02.2021 yil kuni Qibray tumani, Tuzel qfy, Ibrat MFY, Iftixor ko‘chasi 9-uy-joyga undiruvchi A.Xakimov, uning turmush o‘rtog‘i U.Xakimova va ularning bir nafar voyaga yetmagan 24.06.2020 yil tug‘ilgan farzandi M.Xakimov bilan birgalikda ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzilga ijro harakatlarida qatnashish uchun taklif qilingan 2 nafar xolislar, “Ibrat” MFY raisi M.Mirsolixova, tuman IIB HOOB profilaktika inspektori X.Karimovlar chiqishib, qarzdor M.Xakimovaning shu uyda yashovchi singlisi N.Sodikova va qizi S.Yakubovalar ishtirokida undiruvchilar A.Xakimova va U.Xakimovalar hamda bir nafar voyaga yetmagan farzandi foydalanish huquqi bilan yashash uchun kiritib ko‘yilgan va bu haqida undiruvchilar A.Xakimov va uning turmush o‘rtog‘i U.Xakimovalardan tegishli tilxat olingan.

Mazkur ijro ishi 22.02.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan.

Murojaatdagi videolavha qachon olinganligi noma’lum bo‘lib, ushbu videolavhadagi janjal vaqtida MIB Qibray tuman bo‘limi hodimlari ishtirok etmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rasmiy munosabat: "Videoda aks etgan holat MIB xodimlari bilan bog‘liq emas"