2 409
YPX inspektori yuk mashinasi oldiga yashirinib, xizmat olib borayotgani aytilgan videoga izoh berildi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda YPX inspektori yuk mashinasi oldiga o‘tib, yashirin xizmat olib borayotgani aytilgan video tarqaldi. YHXBB matbuot xizmati holatga oydinlik kiritdi.
Unda aytilishicha, 28 avgust kuni Namangan viloyati hududidan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 254-kilometrida xizmat olib borayotgan YPX inspektori tomonidan Lacetti haydovchisi boshqaruv vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmaganligi uchun to‘xtatilgan va unga nisabatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shundan so‘ng haydovchi qo‘l telefoni orqali jarayonni tasvirga olib, inspektor yashirin tarzda xizmat olib borayotganligini aytib, turli e’tirozlar bildirgan. YPX inspektori haydovchiga xizmat olib borayotgan joyda yuk avtomobillari texnik nosozlik sabab to‘xtab qolganligini, yashirin xizmat olib bormayotganligini tushuntirgan.
«Ayrim norasmiy sahifa egalaridan shu kabi holatlarga oydinlik kiritmasdan o‘z sahifalarida asossiz izohlamasliklarini so‘raymiz», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi