2 886
Buxoroda mudofaa bo‘limi boshlig‘i “yuz dollar va 12 bosh kurka bolasi” bilan qo‘lga tushdi
Qorako‘l tumani mudofaa bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 1976 yilda tug‘ilgan Y.O. o‘zga bir fuqaroni aldab, uni viloyat mudofaa boshqarmasi safarbarlik chaqiruv rezervi bo‘limi noziri vazifasiga ishga joylashtirganligi uchun ta’magirlik qilgan. U o‘zining yashash xonadonida fuqarodan kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSH dollari va 12 bosh kurka bolasini pora tariqasida olgan vaqtida viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoro viloyatidagi «Qorako‘l» bojxona posti katta inspektori xorijiy tadbirkordan 800 AQSH dollari so‘rab, bir qismini olgan paytda ushlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi