Foto: «Turan-travel.com»
Kundalik taomnomaga kiritilgan ba’zi mahsulotlar inson umrini qisqartirishi mumkin. Bu haqda amerikalik diyetolog Mayo Ketrin Zeratski so‘zlariga tayanib Eat This, Not That sayti xabar berdi.
Mutaxassisning aytishicha, qand, qizil go‘sht, qovurilgan va yarim tayyor mahsulotlarni iste’mol qilish hayot sifati va davomiyligiga ta’sir qilishi mumkin. Spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqorida aytilganlarning hammasini Zeratski taomnomadan chiqarib tashlashni maslahat beradi.
Diyetologning ta’kidlashicha, qizil go‘sht saraton va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. Bekon, kolbasa va konservalar ham xavfli.
Non va yarim tayyor mahsulotlar tarkibida qand va to‘yingan yog‘lar ko‘p. Bu taomlarning kaloriyasi yuqori, lekin oziqlantiruvchi moddalari kam.
Zeratski issiqlik bilan minimal ishlov berilgan mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya etadi. Chunki ularda foydali moddalar ko‘proq saqlanib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?