Illyustratsiya: «Daryo» / Dilzoda Hamidjonova
1938 yilning 4 oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. «Daryo» ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.
Ruhimiz o‘lmasun
So‘ngg‘i vaqtlarda matbuotimiz maorif masalalaridan ko‘pgina bahs qilmoqqa boshladi. Ta’minot to‘g‘risidan ko‘pincha xalqning o‘z bo‘ynig‘a yuklatilgan maktab va o‘qush ishlari ko‘p kuch va g‘ayrat sarf qilmoq bilangina istakka muvofiq yurub borsa mumkindir. Yo‘q esa, avvaldan kelgan qo‘ramaslik va e’tiborsizlig‘imizning davom eta berishi maorifimizni bo‘g‘ub o‘ldurgusidir.
Maktablarni ta’min etmak vazifasi o‘z bo‘ynig‘a tushgan xalqimizning saviya fikriyasi, maktab va o‘qish-o‘qitish ishlariga nazari ma’lumdir.
Mavlud munosabati bilan Toshkentda Mahkamayi shar’ia tomonidan yasalg‘an ulug‘ namoyishda bu e’tiborsizlikni zararli samarasi juda ochiq ko‘ruldi. Bizni yashatishga emas, o‘ldirishga sudrayturg‘an eski maktab bolalari xorlik va maskanatni* kuldirib turg‘an qonsiz chehralari bilan ola-bula to‘nlar kiyib Jome’ bilan Ko‘kaldosh sahnasiga to‘lg‘an choqlarida xalqning ko‘zi yoshlar bilan to‘ldi. Xalqning ko‘zlaridan to‘kilgan u yoshlar nodonlik va taassib orqasida kelgan behuda va shuning bilan birga samimiy yoshlardir.
Bu manzara qarshisida butun umrini xalqning maorifi, yangi maktabi, taraqqiy va ta’limi uchun sarf etgan kishilar boshqa tushuncha va boshqa o‘ylar bilan yig‘iladilar. Birmuncha vaqtdan beri maorif ishlaridan chetda yurgan eski bir maorif xodimi o‘shal manzaradan olg‘an taassurotini juda achchig‘ qilib onglatdi. Uning maorif ishlaridan chetda yurishi uchun gunohni kimning bo‘ynig‘a qo‘ya olamiz? Har holda, mavlud kunidagi hazin manzaraga shu chekkalab yurishlarning xiyla ulug‘ ta’siri bordir.
Hozir hukumat qaramog‘ida bo‘lg‘an maktablarning soni juda ozdir. Bo‘lg‘an qadarisini ham hukumat to‘la va yetarlik ravishda ta’min qila olmaydir. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP) degan narsa bilan bu kun juda buzulib ketgan xalq ruhi mavlud kuni ko‘rganimiz kabi maskanat manbai bo‘lg‘an eski maktablarda bo‘lsa, ul maktablar bundan so‘ng, shubhasiz, kundan-kunga kuchayib borg‘usidirlar. Ularga qarshi kurashmak lozimdir. Faqat bu kurashni hech bir kuch bilan davom etdirib bo‘lmas. Buning uchun hukumat qaramog‘ida bo‘lg‘an maktab va internatlarni kuchaytirmak, to‘laytirmoq va har jihatdan mukammallashdirmak kerakdir.
Buning ustiga, yana xalq hisobig‘a ham yangi usul maktablar ochdirib, ularni ham moddiy va ma’naviy yoqlardan mukammallashdirishga butun maorif va yoshlik kuchlarini zavq etdurmak kerakdir.
Tarixning bizning uchun teskari bo‘lg‘an jarayoni natijasida kelib chiqqan shu hollarning aybini birimiz do‘lga va birimiz tegirmonga qo‘ymoq bilan faqat ahvolni og‘irlashdirgan bo‘lurmiz. Tegirmon tarafdorlari va do‘lni yoqlag‘uchilar uchun qo‘shmoq bir vazifa bor: bor qadar yangi maktablarni har jihatdan mukammallashdirib, eski maktab tahlikasiga qarshi kurashmak!
Hozir shu maqsad bilan bolalar haftasi yasalmoqdadir. Do‘l deganlar-da, tegirmon deganlar-da ochiq maydonda o‘zlarini ko‘rsatsunlar.
Abdulhamid Sulaymon Cho‘lpon,
«Turkiston» gazetasi, 1922 yil 4 noyabr
«Turkiston» gazetasi, 1922 yil 4 noyabr
Maqola «Turkiston» gazetasining 1922 yil 4 noyabr sonida «Abdulhamid Sulaymon» imzosi bilan bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon «Asarlar»i 4-jildida qayta chop etilgan.
Izoh
* Maskanat – faqirlik, bechoralik. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi