date

Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz bosimi pastligi haqida shikoyat qilishmoqda

Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz bosimi pastligi haqida shikoyat qilishmoqda
Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim mahallalarida yashovchi fuqarolar tabiiy gaz bosimining pastligi haqida shikoyat qilishmoqda. Bu haqda UPL muxbiri xabar berdi.

Joriy yilning 4-noyabr kuni havo biroz soviganidan so‘ng, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim mahallalarda tabiiy gaz bosimining sezilarli darajada pasaygani kuzatilgan. Xususan, tumanning Qizilsuv ko‘chasida yashovchilar ushbu muammo bo‘yicha o‘z noroziliklarini bildirmoqda.

“Bugun ertalab gaz bosimi juda pastlashib ketdi. Suv isitgichlarimiz suvni to‘liq isitishga qodir emas.

Har yili yoz faslidan qish mavsumiga o‘tishda shu muammo takrorlanadi. Qo‘shnilarimizda ham xuddi shunday holat kuzatilmoqda,” – deydi xonadon egalardan biri.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro muammoni hal etish uchun “Xalq nazorati” portaliga murojaat qilgan. Muammoni bartaraf etish uchun 10 kunlik muddat belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz bosimi pastligi haqida shikoyat qilishmoqda