
O'zenergoinspeksiya matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, navbatdagi tabiiy gaz o'g'irligi holati aniqlangan. Andijon viloyati O'zenergoinspeksiya boshqarmasi xodimlari, "Hududgaz Andijon" vakillari va ichki ishlar organlari hamkorligida nazorat tadbirlari o'tkazildi. 
Tadbirlarda Asaka tumanida joylashgan "V. E." MChJ binosi tekshirildi. 
Tekshiruv davomida korxona binosi gaz tarmog'iga noqonuniy ravishda oddiy rezina shlang yordamida ulab olingani ma'lum bo'ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, gaz ta'minot tashkilotiga juda katta miqdorda zarar yetkazilgan. 
Umumiy zarar miqdori 1 milliard 400 million so'mni tashkil qilmoqda. Hozirda ishga oid barcha materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan va qo'shimcha tergov ishlari olib borilmoqda. 
Jinoyatchilar O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining "O'g'irlik" moddasiga binoan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Andijonda 1,4 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irligi fosh etildi
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar