Farg‘onada 4 odamni o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 8 yilga qamaldi

1 daqiqa o'qish183
Farg‘onada 4 odamni o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 8 yilga qamaldi

Farg‘ona viloyatida bir oilaning to‘rt a’zosini halok qilgan haydovchiga nisbatan sud hukmi chiqarildi, deb xabar berdi Sud.uz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojea Farg‘ona tumanidagi “Shohimardonobod” mahallasida sodir bo‘lgan. 25 yoshli Nexia haydovchisi tezlik qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib xavfli quvib o‘tish harakati amalga oshirgan va natijada Tico avtomobili bilan yuzma-yuz to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida Tico haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, uning hamrohida bo‘lgan ayol va ikki nafar bola shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Sud haydovchini aybdor deb topib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish va 3 yilga haydovchilik huquqini bekor qilish jazosini tayinladi. Shuningdek, u halok bo‘lganlar oilasiga 100 million so‘m tovon to‘lashi shartligi belgilandi.

Mutaxassislar ta’kidlamoqda: tezlikka rioya qilmaslik faqat yo‘l qoidasi buzilishi emas — inson hayotini yo‘qotishga olib keladigan fojea sababidir.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?