date

Andijonda maktabdagi “araqxo‘rlik” voqeasi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Andijonda maktabdagi “araqxo‘rlik” voqeasi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 36-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan “spirtli ichimlik iste’moli” bilan bog‘liq holat keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 oktyabr kuni soat 17:00 atroflarida maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi, CHYOT rahbari, qorovul va bir o‘qituvchi darslar tugagandan keyin kechki ovqat paytida texnik spirt iste’mol qilgani aniqlangan.

Shu bilan birga, maktab direktori vazifasini bajaruvchi F.R. (ayol kishi) ish vaqti yakunlangach uyiga qaytgani va mazkur holatda ishtirok etmagani ma’lum qilingan.

Hozirda voqea yuzasidan tegishli idoralar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda maktabdagi “araqxo‘rlik” voqeasi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi