
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etish uchun 11 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi.
Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, sammitda kengash doirasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo, investitsiya, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, muloqot yakunida ko‘p tomonlama hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazishi kutilyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar