Garvard olimlari odamlarga har kuni karam tanovul qilishni maslahat berishadi. Ular aytishiga ko‘ra, yarim tarelka karam S vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 45%ini qondiradi. Sputnik Armaniston karamni har kuni yeyish uchun beshta sabab topishdi.
“Manfiy” kaloriyalik
Har qanday sabzavot ham o‘zining hazm bo‘lishi uchun sarflangan energiya undan olinayotgan energiyadan ko‘pligi bilan maqtana olmaydi. Bir tovoq tug‘ralgan karamda esa, atigi 22 kaloriya bor. Agar siz vazn tashlashni orzu qilayotgan bo‘lsangiz, taomnomangizdagi ayrim yuqori kaloriyali ingrediyentlarni karamga almashtirishga harakat qilib ko‘ring.
Masalan, buterbrodni non bo‘lagi ustiga emas, karam bargiga o‘rab tayyorlang. Yo bo‘lmasam lag‘mon o‘rniga maydalangan karam iste’mol qiling.
Yallig‘lanishga qarshi va virusga qarshi ta’siri
Qizil karamda flavonoidlar juda ko‘p. Ular karamga noodatiy qizil rang berib turadi. Lekin ularning asosiy foydasi – juda kuchli yallig‘lanishga, viruslarga va saratonga qarshi kurashish xususiyatlaridir. Qizil karamdan tayyorlangan salat kasallik rivojlanishini oldini olishi mumkin. Garvard olimlari qizil karamdan foydali taomnoma taklif qilishmoqda:
Yarimta qizil karamni maydalab to‘g‘rab, bir necha tomchi zaytun yog‘i va olma sirkasiga aralashtiring. Unga tuz va qalampir qo‘shing. Foydasi yanada ko‘proq bo‘lishi uchun biroz qirilgan sabzi qo‘shing.
Kletchatka manbai
Tarkibida kletchatka miqdori bo‘yicha rekordchi – Pekin karami. Undan ko‘pincha suyuq ovqat va qovurmalarda foydalaniladi. Pekin (yoki Xitoy) karamining ikkinchi nomi Napa bo‘lib, u ozuqa tolalariga juda boy.
Hazm bo‘ladigan kletchatka inson organizmida xolesterin miqdorini kamaytiradi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Hazm bo‘lmaydigan kletchatka esa – ovqat hazm qilishni yengillashtiradi va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi.
Shuningdek, pekin karami qandli diabet kasali borlar uchun juda foydali. Uni iste’mol qilgan kishi uzoq vaqt davomida o‘zini to‘q sezishi mumkin.
Harorat nazoratchisi
Rivoyatga ko‘ra, beysbolchi Beyb Rut har doim o‘yindan oldin bosh kiyimi ostiga sovutilgan karam barglaridan bir nechtasini qo‘yib olgan. Shu tariqa u jazirama issiq kunlarda junli uniformada o‘zini yaxshiroq his qilgan. Ekspert aytishiga ko‘ra, sovutilgan karam barglari shamollagan kishining tana haroratini tushirishda ham foyda berishi mumkin. Karam barglari bosh og‘rig‘ini ham kamaytirishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi