Kelgusi yilda ipoteka dasturlari doirasida 50 mingga yaqin xonadonli uy-joylar quriladi. Bunga qariyb 13 trillion so‘m maqsadli kredit va 1,3 trillion so‘m subsidiya ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev sohaga bag‘ishlangan videoselektor davomida ta’kidlab o‘tdi.
«Bu dastlabki hisob-kitoblar. Agar talab bo‘lsa, yana qo‘shimcha resurs ajratiladi. Buning uchun, aholi va quruvchi tadbirkorlarga ipoteka tizimi va qurilish sohasida bo‘ladigan yengillik, qulaylik va imkoniyatlar beriladi», — dedi davlat rahbari.
Prezident tomonidan ta’kidlanishicha, bundan buyon, ipoteka kreditlari shartlaridan bir qator cheklovlar chiqarib tashlanadi.
«Bugungi kungacha, ipoteka kreditlari va subsidiya olishda, uy-joy maydoni va narxi bilan bog‘liq cheklovlar bor edi (maydoni – 70 kvadrat metrgacha, narxi – 400 million so‘mgacha). Ushbu cheklovlar chiqarib tashlanadi.
Endi, sotib olinadigan xonadonning maydoni va narxidan qat’iy nazar, ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 million so‘m subsidiya to‘lanadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari ehtiyojmand aholi tomonidan kreditni qaytarishda foizning davlat tomonidan qoplab beriladigan subsidiya miqdori barcha hududlar uchun bir xilda 10 foiz etib belgilanishini ta’kidlab o‘tdi. Hozirda viloyatlarda 10 foiz, Toshkent shahrida esa 12 foizdan yuqori qismi qoplab berilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?