«Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–102-son, 26.01.2022 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan aholiga ko‘rsatilayotgan endokrinologiya xizmatini tashkil etishning eng muhim yo‘nalishlari belgilandi.
2022 yil 1 apreldan endokrin kasalliklarni erta aniqlash va maqsadli kuzatishni ta’minlash uchun tibbiy kuzatuv va patronajning yangi modeli joriy etiladi. Unga ko‘ra, jumladan:
- oilaviy shifokorlar endokrin kasalliklarni tashxislash hamda davolash bo‘yicha qayta tayyorlanadi;
- endokrin kasalliklar mavjud oilalarga maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan patronaj hamshirasi biriktiriladi.
Qaror bilan 2022–2024 yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami ko‘rsatishni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, har yili kamida bir marta 40 yoshdan oshgan aholi qandli diabet va diabet oldi holatlari uchun maqsadli skriningdan o‘tkaziladi hamda endokrin kasalliklar aniqlangan bemorlar bilan muntazam aloqa o‘rnatiladi.
2022 yil 1 fevraldan an’anaviy va masofaviy (aralash) usulda tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishtizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2022 yil 1 aprelgacha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida shifokor oldi ko‘rigi xonalari tashkil etiladi.
Qarorga ko‘ra, bemorlar quyidagilar bilan bepul ta’minlanadi:
- 25 yoshgacha bo‘lgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan bemorlar analogli insulin hamda o‘zini o‘zi nazorat qilish vositalari (glyukometr va maxsus test yaproqchalari) bilan;
- qandsiz diabet bilan kasallangan bemorlar, somatotrop yetishmovchilik bilan kasallangan bolalar hayotiy zarur maxsus dori vositalari (desmopressin va o‘sish gormoni) bilan;
- 25 yoshdan oshgan qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan insulinga muhtoj, shuningdek, qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan bemorlar odam insulini bilan;
- qandli diabetning ikkinchi turi bilan kasallangan hamda ehtiyojmand sifatida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da bo‘lgan bemorlar metformin dori vositasi bilan.
Qarorga ko‘ra shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda hududiy tibbiyot muassasalaridan shaffof tanlov asosida tanlab olingan 50 nafargacha endokrinolog mutaxassislar har yili nufuzli xorijiy endokrinologiya markazlarida malaka oshirishga yuboriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas