NASA mutaxassislari 2024 YR4 nomli asteroid bilan bog‘liq ehtimoliy xavfni o‘rganmoqda. Olimlar fikricha, mazkur jism 2032 yilda Oy orbitalariga xavf tug‘dirishi mumkin.
Birinchi variant — asteroid yo‘nalishini ozgina o‘zgartirish. Bu to‘qnashuvdan qutulish imkonini berishi mumkin. Biroq agar uning aniq massasi inobatga olinmasa, natija teskarisiga ketishi xavfi bor.
Ikkinchi variant — asteroidni butunlay parchalash. Hisoblar ko‘rsatishicha, taxminan 1 megatonnalik yadroviy portlash 2024 YR4'ni mayda va xavfsiz bo‘laklarga bo‘lib yuborishi mumkin.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, asteroid haqidagi ma’lumotlar hali yetarli emas. Shu bois 2028 yildagi yaqinlashuvi orqali uni yanada aniqroq o‘rganish rejalashtirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar