date

Jurnalistlar: Messi olgan ikki “Oltin to‘p” haqsiz

Jurnalistlar: Messi olgan ikki “Oltin to‘p” haqsiz

FourFourTwo nashri "Oltin to‘p" tarixi davomidagi eng katta noadolat holatlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Birinchi o‘rinni "Bavariya"ning sobiq hujumchisi, hozirda "Barselona" safida to‘p surib kelayotgan Robert Levandovski egalladi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, 2021 yilda ushbu mukofotni argentinalik Lionel Messi emas, aynan u qo‘lga kiritishi kerak edi.

Ikkinchi pog‘onada "Arsenal" klubining afsonaviy hujumchisi Terri Anri qayd etildi. Jurnalistlar 2003 yilda aynan fransuz futbolchisi "Oltin to‘p"ga munosib bo‘lgan, deb hisoblashadi. Ammo o‘sha paytda mukofot chexiyalik yarim himoyachi Pavel Nedvedga topshirilgan.

Uchinchi o‘rinni esa Niderlandiya terma jamoasi va "Inter" klubining sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder egalladi. Tahlillarga ko‘ra, u 2010 yilda Lionel Messiga qaraganda ko‘proq “Oltin to‘p”ga loyiq bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jurnalistlar: Messi olgan ikki “Oltin to‘p” haqsiz