Turkiyada YTH qurboni bo‘lgan 17 yoshli o‘zbekistonlik

1 daqiqa o'qish334
Turkiyada YTH qurboni bo‘lgan 17 yoshli o‘zbekistonlik

Turkiyada yuz bergan yo‘l-transport hodisasi yurtdoshlarimizni iztirobga soldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Istanbul shahrida 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi S.S. avtohalokat oqibatida vafot etdi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, yigit joriy yilning 5 aprel kuni sodir bo‘lgan YTHda og‘ir tan jarohatlarini olgan va darhol shifoxonaga yotqizilgan. Bir necha kun davomida shifokorlar uning hayoti uchun kurash olib borishgan bo‘lsa-da, ko‘rsatilgan barcha tibbiy yordamlarga qaramay, afsuski, u 15 aprel kuni vafot etdi. Marhumning jasadi 17 aprel kuni Samarqand viloyatida dafn qilingan.

Holat bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ham ma’lum qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, YTHni sodir etgan Turkiya fuqarosi hodisa joyidan qochib ketgan, biroq ordan bir kun o‘tib pushaymonlik bildirib, politsiyaga taslim bo‘lgan. Tekshiruvlar vaqtida uning qonida giyohvand moddalar mavjudligi aniqlangan. Shunga qaramay, ayni paytda u qamoqqa olinmagan. Sud jarayoni joriy yilning 2 oktyabr kuniga belgilangan.

Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, marhumning oila a’zolari hodisa sodir bo‘lgan paytda konsullikka murojaat qilmagan. Hozirgi vaqtda diplomatik vakolatxona tomonidan ularga zarur konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Qizig‘i shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda ayni paytda tarqalgan xabarlarda S.S. ni u tug‘ilgan kunida, onasiga gul olib qaytayotganida mashina urib ketgani haqida ham aytiladi. Bu holat yurtdoshlarimiz orasida yanada katta iztirob uyg‘otdi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, mazkur voqea nafaqat yo‘l xavfsizligiga oid muammolarni, balki xorijda yurtovdoshlarimiz hayoti va huquqlarini himoya qilish masalalarini yana bir bor kun tartibiga olib chiqmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?