date

“Vest Xem” bosh murabbiy Grem Potterni iste’foga chiqardi

“Vest Xem” bosh murabbiy Grem Potterni iste’foga chiqardi

Angliyaning mashhur klublaridan biri hisoblangan “Vest Xem” bosh murabbiyi Grem Potter bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qildi. Bu qaror jamoaning mavsum boshidagi omadsiz natijalari bilan izohlanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “hammerlar” joriy mavsumda olti bor maydonga tushib, besh marta mag‘lubiyatga uchradi. Ayniqsa, Liga kubogida “Vulverxempton”ga qarshi o‘yinda taslim bo‘lishi klub rahbariyati uchun hal qiluvchi nuqtaga aylangan. Bu natija jamoani musobaqadan chiqib ketishga majbur qildi va muxlislar orasida keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Grem Potter “Vest Xem”ni 2025-yilning qishki transfer oynasida qabul qilib olgan edi. Ammo o‘tgan 25 ta rasmiy bahsda jamoa atigi 6 marta g‘alabaga erishdi, qolgan o‘yinlarda esa ko‘pincha mag‘lubiyat yoki durang qayd etildi. Bu esa klubning ichki musobaqalardagi mavqeini sezilarli darajada pasaytirdi.

Angliya ommaviy axborot vositalaridagi xabarlarga ko‘ra, bosh murabbiylik lavozimiga qator nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda. Ular orasida Nunu Eshpiritu Santu, Slaven Bilich va Gari O’Nilning ismlari atalayotgani qayd etilmoqda. Klub rahbariyati tez orada yangi murabbiy tayinlanishini ma’lum qilgan.

Mutasaddilarning fikricha, jamoa kuchli tarkibga ega bo‘lsa-da, natijalarning bu darajada zaif bo‘lishi “Vest Xem”ning yuqori maqsadlariga putur yetkazmoqda. Shu bois yangi murabbiydan muxlislarning umidi katta.

Shu tariqa, Grem Potterning Londondagi qisqa va murakkab sayohati yakunlandi. Endi esa barcha e’tibor “Vest Xem”ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi va jamoani qay tarzda qayta tiklay olishiga qaratilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Vest Xem” bosh murabbiy Grem Potterni iste’foga chiqardi