Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni muhokama qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar berdi.
Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonuni senatorlar tomonidan ma’qullanib, 2021 yil dekabr oyida Prezident tomonidan imzolangan edi.
«Favqulodda holat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan 5 ta qonun va 1 ta Kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonuniga qo‘shimcha kiritilib, favqulodda holatning amal qilishi davrida favqulodda holat joriy etilgan hududda Prezidentning amaldagi qonunosti hujjatlarini to‘xtatib turishning huquqiy asosi yaratilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi va «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatni joriy etish to‘g‘risidagi farmoniga asosan favqulodda holatning amal qilishi davrida favqulodda holat joriy etilgan hududda mahalliy davlat hokimiyati organlarining va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlarini to‘liq yoki qisman to‘xtatib turishni nazarda tutuvchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.
Senatorlar tomonidan ma’qullangan qonunning yana bir e’tiborli jihati favqulodda holat joriy qilinganda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida favqulodda holat amal qilish davrida saylovlar o‘tkazilishi cheklanmoqda.
Ushbu cheklovlar bilan bog‘liq normalar O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida»gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar