Epshteynning o‘lim oldidan yozgan maktubida nima haqida yozilgan?

AQSHda Nyu-York federal sudi marhum moliyachi Jeffri Epshteynga tegishli ekani aytilgan maktubni jamoatchilikka oshkor qildi.
Hujjatda “Xayrlashish vaqtini insonning o‘zi tanlashi yoqimli”, mazmunidagi jumlalar keltirilgani aytilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, qo‘lyozma maktubni Epshteynning sobiq kameradoshi — qotillikda ayblangan sobiq politsiya xodimi Nikolas Tartalone topgan.
Sudya Kennet Karas ushbu hujjatni ochiq sud materiallari qatoriga kiritishga qaror qilgan.
Sud qarorida maktubni maxfiy saqlash uchun yetarli huquqiy asos mavjud emasligi ta’kidlangan.
Shu bilan birga, sud hujjatning haqiqiyligi yuzasidan yakuniy xulosa chiqarmagan.
Maktubda Epshteyn tergov jarayonlari davomida o‘ziga qarshi aniq dalillar topilmaganini yozgani qayd etilgan. Uning ayrim keskin va hissiy fikrlari esa jamoatchilikda yana muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Shuningdek, jurnalistlar Epshteynning shaxsiy orolida qurilgan g‘ayrioddiy “masjid” loyihasi haqida ham yangi ma’lumotlarni e’lon qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, binoda Ka’ba kisvasi, O‘zbekistondan olib kelingan koshinlar hamda Suriya me’morchiligi uslublaridan foydalanilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!