Janubiy Koreya sudi sobiq bosh vazir jazosini nega qisqartirdi?

Janubiy Koreya apellyatsiya sudi sobiq bosh vazir Xan Duk Su ishi bo‘yicha yangi qaror chiqardi. Sud uning qamoq jazosini 23 yildan 15 yilgacha qisqartirgan.
Mazkur ish sobiq prezident Yun Sok Yolning 2024 yilda harbiy holat joriy etishi bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.
Apellyatsiya sudi quyi instansiya qarorida keltirilgan asosiy xulosalarni o‘z kuchida qoldirgan. Jumladan, Xan Duk Su harbiy holat e’lon qilinishiga xizmat qilgan harakatlarda ishtirok etgani qayd etilgan.
Shuningdek, u sobiq prezidentni bu qarordan qaytarish uchun yetarli chora ko‘rmagani ta’kidlangan. Tergov materiallariga ko‘ra, sobiq bosh vazir vazirlar mahkamasi yig‘ilishini chaqirgan.
Sud ushbu yig‘ilish harbiy holatni qonuniy jihatdan rasmiylashtirishga qaratilgan deb baholagan. Xan Duk Su esa yig‘ilishning maqsadi prezident harakatlarini to‘xtatish bo‘lganini aytgan. Biroq sud bu vajlarni qabul qilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!