date

AQSH Erondan uranni boyitishni 20 yilga to‘xtatishni talab qilmoqda

AQSH Erondan uranni boyitishni 20 yilga to‘xtatishni talab qilmoqda

AQSH Erondan uranni boyitish jarayonini 20 yil muddatga to‘xtatishni talab qilmoqda.

Bu haqda The Wall Street Journal nashri manbalariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Vashington Tehrondan mavjud boyitilgan yadroviy materiallar zaxiralarini ham olib tashlashni so‘ramoqda. Shuningdek, AQSH ma’muriyati Isfahon, Natanz va Fordovdagi yadroviy obyektlarni demontaj qilishni talab qilgan.

Bundan tashqari, Eron yadroviy dasturi doirasida yer osti ishlariga cheklov joriy etish taklif qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro tekshiruv mexanizmlarini kengaytirish masalasi ham muhokama qilinmoqda.

Avvalroq CNN AQSH va Eron uran boyitish bo‘yicha o‘n yildan ortiq muddatli moratoriyni muhokama qilayotganini xabar qilgan edi. Axios ma’lumotiga ko‘ra, ikki davlat qurolli mojaroga chek qo‘yish bo‘yicha memorandum kelishuviga yaqinlashgan.

Xabarlarda aytilishicha, AQSH Eron tomonidan 48 soat ichida javob kutayotgani qayd etilgan. Eron Tashqi ishlar vazirligi esa takliflar hali ko‘rib chiqilayotganini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Erondan uranni boyitishni 20 yilga to‘xtatishni talab qilmoqda